You are currently viewing Tarvuz sharbati – Aqua Fresco

Tarvuz sharbati – Aqua Fresco

Tarvuz sharbati Markaziy va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan ichimlikdir. U juda mazali hamda foydalidir. Uyda tayyorlangan ichimliklar zararli moddalardan holi bo‘ladi. Chanqoqni esa juda yaxshi bosadi. Tarvuz sharbati sog‘lom ovqatlanishdagilar va tana vazni tashlamoqchi bo‘lganlar uchun ham juda mos tushadi.

Kerakli mahsulotlar (1litr ichimlik uchun):

  • Yarimta o‘rtacha hajmdagi tarvuz
  • 2-3 osh qoshiq shakar (xohishga qarab)

Avval tarvuzni o‘rtasidan bo‘lamiz. Keyin uni qoshiq bilan olib, blenderning idishiga solamiz.

Tarvuz

Chiqqan tarvuz sharbatini ham idishga quyamiz. 100 ml sovuq suv quyamiz.

Tarvuz sharbati tayyorlash

Endi blenderni yoqamiz va 1.5-2 minut davomida aylantiramiz.

Tarvuz sharbati tayyorlash
Tarvuz sharbati tayyorlash

Tarvuz sharbatini elakdan suzib olamiz.

Ungacha esa shakarli sirop tayyorlaymiz. Buning uchun teng miqdorda shakar va suvni qaynatib olamiz. Shakar erishi bilan olovni o‘chiramiz. Uni sovishi uchun bir chetga surib qo‘yamiz.

Tarvuz sharbati tayyorlash

Endi tarvuz sharbatining ustiga shakarli siropdan quyamiz. Qancha quyish xohishga qarab.

Tarvuz sharbati tayyor, lekin uni xolodilnikda biroz sovitib olish kerak. Bu ichimlik muzdek holatda iste’mol qilinadi.

Endi tayyor tarvuz sharbatini muz bilan birgalikda dasturxonga tortamiz.

E’tibor qiling:

Men tarvuzning urug‘ini olib tashlamadim, chunki elakdan o‘tkazilganda u elanib qoladi.

Agar siz ishlatayotgan tarvuzning mazasi shirin bo‘lsa, tarvuz sharbatiga shakarli sirop solish shart emas.

Tarvuz sharbati

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa mazali yaxna ichimliklarning retseptini ham topasiz. Masalan, limonad.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com