You are currently viewing Tovuqli karri – yana bir hindcha taom

Tovuqli karri – yana bir hindcha taom

Hindcha taom deyilganda birinchi navbatda karri taomlari hayolga keladi. Bugun “Chicken curry”, karrining yana bir keng tarqarlgan turi retseptini yozaman. Tovuqli karri jahonga eng keng tarqalgan hind taomlaridan biridir. Bu karrini tayyorlash juda oson. Tovuq go‘shtidan tayyorlangan karri ta’mga boy, lekin kaloriyasi oz bo‘ladi. Bu ham 30 minutda tayyor bo‘ladigan sog‘lom retsept.

Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):

  • 600 gr lahm tovuq go‘shti (son yoki ko‘krak qismi)
  • 2-3 dona piyoz (hajmiga qarab)
  • 2-3 dona pomidor
  • 3 dona chesnok tishi
  • 30 gr zanjabil
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • Bir bosh kashnich

Ziravorlar (hammasi kukun bo‘lishi kerak): 1 osh qoshiqdan zira, kashnich urug‘i, murch, kukurma, paprika va ta’bga qarab qalampir. Agar bo‘lsa karrilar uchun maxsus ziravoridan foydalansa bo‘ladi.

Avval qozonga yog‘ni quying, u qizigach ziravorlarni soling va ozgina qo‘g‘iring.

Hindcha taom - tovuqli karri ziravorlari

Endi mayda to‘rg‘algan piyoz, hamda qirg‘ichdan o‘tkazilgan chesnok va zanjabilni soling.

Piyoz och tilla rang bo‘lib qo‘g‘irilgach mayda 2×2 sm qilib to‘rg‘algan go‘shtni soling va ozgina qo‘g‘iring.

Hindcha taom - tovuqli karri. Go'sht soling.

Keyin mayda to‘rg‘algan pomidorni soling va 3-4 minut qo‘g‘iring.

Keyin 200 ml qaynagan suv quying va karrini 20 minut o‘rta olovda qopqog‘ini yopib pishiring.

Hindcha taom - tovuqli karri pishirish

Endi kashnichning yarmini to‘rg‘ab soling va aralashtiring. Endi olovni o‘chiring.

Karrini issiqligida pilaf, naan, yoki chapati noni bilan dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Aksariyat hindcha taom achchiq bo’ladi. Shu jumladan karri ham. Lekin qalampir solmasdan tayyorlasa ham bo‘ladi.

Hindcha taom - tovuqli karri tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com