You are currently viewing Tovuqli salat – Amerika usulida sog‘lom salat

Tovuqli salat – Amerika usulida sog‘lom salat

Bu tovuqli salat AQSHda ko‘p uchraydi. Lekin O‘zbekistonda kam qilinadigan salat. Uning mazasi boshqacha bo‘ladi. Mazali, oson va sog‘lom retsept.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • 2 dona tovuq go‘shtining ko‘krak qismi
  • 100 gr bodom
  • 1 dona seldr
  • 100 gr uzum
  • Yarim bosh petrushka
  • 3 osh qoshiq grek yogurti yoki smetana
  • 1 osh qoshiq mayonez
  • 1 choy qoshiq xantal (горчица)
  • Tuz va murch
  • Ozgina salat barglari

Tovuqni qaynatish uchun:

  • 2 dona limon bo‘lagi
  • 1 dona piyoz
  • 2 dona lavr bargi

Tovuqli salat uchun tovuq go‘shtini qaynatish

Buning uchun go‘shtni 2litr sovuq suvga soling. Yoniga lavr bargi, limonni soling.

Tovuq go'shti qaynatish

Idishni olovga qo‘ying. Suv qaynab chiqqach, ustida paydo bo‘lgan ko‘pikni suzib oling.

Tovuq go'shti qaynatish

Go‘shtni pishgunicha qaynating. Pishgach suvdan chiqarib oling va sovitishga qo‘ying.

Qaynatilgan tovuq go'shti

Tovuqli salat tayyorlash

Bodomlarni o‘rtasidan bo‘lib oling va tovada biroz qizdiring. Shunday qilinsa bodomning mazasi yaxshilanadi.

Bodom

Endi pishgan go‘shtini to‘rg‘ab idishga soling. Ustiga uzumni o‘rtasidan bo‘lib soling.

Tovuqli salat tayyorlash

Uning ustiga mayda to‘rg‘algan seldr va petrushkani soling.

Tovuqli salat tayyorlash

Eng oxirida mayonez, xantal va grek yogurtini soling. Hamma mahsulotlarni aralashtiring.

Tovuqli salat tayyorlash

Tovuqli salat tayyor. Uni salat barglari bilan dasturxonga torting.

Xohishga qarab sendvich shaklida dasturxonga tortish ham mumkin.

Tovuqli salat sendvich ko'rinishida

E’tibor qiling:

Salatga grek yogurtining o‘rniga mayonez ishlatish ham mumkin.

Tovuq go‘shti qaynagan suvni boshqa taomlarga ishlatish mumkin.

Agar salat uch yoshdan kichkina bolalar uchun ham is’temolga tortilsa, uzumni uzunasiga kesing. Yosh bolalarda uzumni havo yo’llariga tiqilish holati ba’zan kuzatiladi.

Tovuqli salat

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa salatlarning retseptini ham ko‘ring. Masalan, sezar salati.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com