You are currently viewing Tzatziki sous

Tzatziki sous

Avval biroz grek yogurti haqida – grek yogurti suvi uch marta siqib olingan yogurtdir. Shuning uchun u qo‘yiq va oqsilga juda boy bo‘ladi. Undan har xil sous tayyorlash mumkin. Tzatziki sous shu jumladandir. Bu grek sousi tetiklantiruvchi sous bo‘lib, u kalsiy, oqsil va foydali yog‘larga boy. Tzatziki sous pita noni yoki sabzavotlar bilan yeyishga juda mos tushadi.

Kerakli mahsulotlar (5-6 potrsiya uchun):

  • 350-400 ml grek yogurti (yo‘q bo‘lsa achqimtir bo‘lmagan yog‘li qatiq va yog‘li smetanani aralashtirish mumkin)
  • 2 dona chesnok tishi
  • 2 dona bodring
  • Yarim bog‘ ukrop
  • Ozgina yalpiz bargi
  • Yarimta limonning sharbati
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i (xohishga qarab)
  • Tuz va murch

Avval bodringlarning po‘chog‘ini archib, qoshiq yordamida urug‘ini olib tashlang.

Endi bodringni qirg‘ichning katta ko‘zidan o‘tkazib oling va bir chetga suvi chiqishi uchun olib qo‘ying.

Ungacha yogurtga mayda to‘rg‘algan ukrop, yalpiz, ezilgan chesnok va yarimta limonning sharbatini qo‘shing.

Tzatziki sous masalliqlari

Xohishga qarab 1 osh qoshiq zaytun yog‘idan quying (men qo‘shdim). Ta’bga qarab tuz va murch soling.

Endi bodringni suvini yaxshilab siqib tashlab uni ham yogurtning ustiga soling.

Hammasini bir aralashtirib, sousni pita noni va sabzavotlar bilan dasturxonga torting. Yoki gyros uchun ishlating.

Tzatziki sous tayyorlanishi

E’tibor qiling:

Bodringning suvi yaxshi siqilmasa uning suvi chiqib sousning mazasini buzadi va sous suyuq bo‘lib qoladi. Bu salat xolodilnikda bir kungacha yaxshi saqlanadi va mazasi o‘zgar

Tzatziki sous tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com