You are currently viewing Viktoriya torti (Victoria sponge cake)

Viktoriya torti (Victoria sponge cake)

Qirolicha Viktoriya torti xamirturush solinmasdan qilingan birinchi tort hisoblanadi. Ungacha hamma tortlarning xamiriga xamirturush solingan. Yana bu tort Britaniya Imperiyasining XIX asrdagi qirolichasi Viktoriyaning eng yaxshi ko‘rgan shirinligi bo‘lgan. Shuning uchun ham tortga shu nom berilgan. Bu tort Britaniyada eng keng tarqalgan tortdir. Uning retsepti asrlar davomida ham o‘zgarmagan. Eslab qolishga eng oson retsept.

Viktoriya torti uchun masalliqlar (17.5 smli tort uchun):

Xamiriga:

  • 250 gr margarin yoki sariyog‘
  • 4 dona tuxum
  • 250 gr shakar
  • 250 gr un
  • 2 choy qoshiq razrixlitel
  • Ozgina tuz (choy qoshiq uchida)

Kremi uchun:

  • 150 ml qaymoq
  • 3 osh qoshiq shakar kukuni
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 3 osh qoshiq qulupnayli yoki malinali jem

Xamir uchun kerakli hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.

Idishda margarin, tuxumlar va shakarni mikser yoki qo‘l venchikda ko‘pirtirib oling.

Masalliqlar
Viktoriya torti xamiri

Bitta idishda elangan un, tuz va razrixlitelni aralashtiring. Uni ham margarinli aralashmaga qo‘shing. Endi hammasini qoshiq bilan aralashtiring.

Endi buni ikkita bir xil 17.5 smli yog‘langan va fergament qog‘oz solingan qolipga teng miqdorda quying.

Buni endi 180°Cda 25 minut davomida pishiring.

Viktoriya torti sponge kekslari

Pishib chiqqan tortni biroz sovitib, qolipdan chiqaring va to‘la sovitishga qo‘ying.

Krem tayyorlash:

Muzdek qaymoq, vanilin va shakar kukunini mikser yordamida ko‘pirtirib oling.

krem tayyorlash

Qaymoqning yuzasida iz qolishi bilan mikserni o‘chiring.

Viktoriya torti kremini tayyorlash

Endi tortning birinchi qavatiga jem surkang. Keyin kremning hammasini surkang.

Ikkinchi tort qavatining pastki tarafiga ham jem surkang va krem surkalgan qavatning ustiga qo‘ying.

Tortning tepasiga ozgina shakar kukunidan seping.

Viktoriya torti ustini bezash

Odatda Viktoriya tortining tepasi bezatilmaydi. Lekin xohishga qarab ustiga mevalar qo‘yish mumkin. Tort tayyor. Uni dasturxonga torting.

Qirolicha Viktoriya torti

E’tibor qiling:

Viktoriya tortining xamirini un solingach ko‘p aralashtirib yubormang, bo‘lmasa tort zich bo‘lib qoladi.

Tortga yana sariyog‘li krem ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 100 gr yumshoq sariyog‘ (сливочное масло) , 200 gr shakar kukuni va 2 osh qoshiq sutni mikser bilan ko‘pirtirib oling.

Men qaymoqni ko‘pirtirishdan oldin mikserning venchigi va idishni muzlatgichga solib qo‘yaman.

Qirolicha Viktoriya torti

Yoqimli ishtaha!!!

Buyuk Britaniyada keng tarqalgan yana bir tort bu Sabzili tortdir – retsepti mana bu yerda. Boshqa dessertlar retseptlarini ham mana bu yerda ko‘ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com