Ingliz tilida “Roast chicken”. Bu usulda pishirilgan butun tovuq go‘shti juda mazali va foydali bo‘ladi. Eng asosiysi pishirish ko‘p mehnat talab etmaydi. Oson va har doim chiroyli natija beradigan retsept.
Kerakli mahsulotlar (5-6 portsiya uchun):
- Bir dona butun tovuq (menda o‘rtachasi)
- Bitta limon
- 1 osh qoshiq zaytun yog‘i
- 2 dona chesnok tishi
Ziravorlar: tuz, murch, paprika va oregano (agar bo‘lsa)
Avvalo zaytun yog‘iga, yarimta limonning sharbati, murch va tuzni aralashtirib olamiz.
Endi tovuqning ikkala oyog‘ini ip bilan bog‘lab olamiz (rasmda ko‘rsatilgan), aralashmani tovuqning ustiga yaxshilab surkaymiz.
Tovuqning ichiga ham tuz va murch sepib, ikkala chesnok tishi va qolgan yarimta limonni kavakka joylaymiz. Buni endi xona haroratida yarim yoki bir soat atrofida qoldiramiz (havoning issiqligiga qarab).
Endi duxovkani 200C°da qizdirib, ustiga folga qog‘ozi o‘ralgan tovuqni 1.5 soat davomida pishiramiz.
1 soat o‘tganda folgani olib yuborib (usti qizarishi uchun), yana yarim soat pishirishda davom etamiz. Ora-orada tovuqdan chiqqan sharbatni yana tovuqning ustiga qoshiq bilan quyib tursangiz yaxshiroq qizaradi.
Pishgan tovuqni ikki xil yo‘l bilan tekshirsa bo‘ladi. Ovqatlar uchun termometr yordamida, yoki pichoq bilan. Pichoqni tovuqning eng qalin joyga sanching, agar suvi tiniq chiqsa, demak u pishdi.
Pishgan tovuqning ustini o‘rab kesishdan oldin 15-20 minut dam oldiring. Vaqt o‘tgach endi pishgan sabzavotlar, kartoshka va salat bilan dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Butun tovuq oyoqlarini albatta bog‘lash kerak, bu bir tekkizda pishishiga yordam beradi.
Tovuq duxovkaga solinishidan oldin muzdek bo‘lmasligi kerak, bo‘lmasa go‘sht qattiq bo‘lib qoladi.
Kesishdan oldin tovuqni albatta dam oldiring, bo‘lmasa ko‘p sharbati chiqib ketib qoladi.
Yana tovuqning qancha uzoqda pishishi uning kilogrammiga bog‘liq.
Agar listda joy bo‘lsa tovuqning yonida xar hil sabzavotlar pishirsa bo‘ladi.
Duxovka katta bo‘lsa birdaniga ikkita tovuq pishirsa ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa tovuqli taom retseptlarini ham ko’ring. Masalan, KFC usulida qovurilgan tovuq yoki grekcha Gyros.
Veb sahifa: www.juvajon.com