You are currently viewing Bruschetta -Italiyancha tamaddi

Bruschetta -Italiyancha tamaddi

Bruschetta italyancha birinchi ovqat, ya’ni antipasto, bo‘lib, u yoz oylari uchun ajoyib tamaddidir. Uni odatda pomidor yoki bulg‘or qalampiridan tayyorlashadi. Bu retsept pomidordan tayyorlanadigan turi.

Kerakli mahsulotlar (10 ta bruschetta uchun):

  • 1 dona baget, yoki chibata  noni
  • Yarimta qizil (siyoh rang) piyoz
  • 500 gr atrofida pomidor
  • 1 dona chesnok tishi va yana yarimta (nonga surkash uchun)
  • 6-8 dona rayhon bargi
  • 40 ml zaytun yog‘i (olivka)
  • 30 ml balzam sirkasi (бальзамический уксус)
  • Tuz va murch
Bruschetta uchun kerakli mahsulotlar

Pomidorlarni 2×3 sm qilib to‘rg‘ab oling (cherri bo‘lsa o‘rtasidan bo‘ling).

Piyoz, chesnok va rayhonni mayda qilib to‘rg‘ang.

Bruschetta uchun kerakli mahsulotlar

Endi bularning hammasini bitta idishga soling va sirka, 30 ml zaytun yog‘i, tuz va murch bilan aralashtiring. 40-50 minutga salatni chetga surib qo‘ying.

Endi nonni 1.2-2 sm qalinlikda kesib oling va ustiga qolgan 10 ml zaytun yog‘ini surkang.

baget

Endi bularni duxovkaga qo‘yib ikki tomonini sal qizartirib oling. Men gril rejimida har bir tomonini ikki minutdan qizartirdim.

baget
baget

Endi qizargan nonlarga issiqligida chesnok surkab oling.

baget

Nonlarning ustiga salatdan siqqanicha soling va darrov dasturxonga torting.

Bruschetta

E’tibor qiling:

Bruschetta uchun chesnok piyozga nisbatan mayda to‘rg‘alishi kerak.

Nonga bitta chesnok tishini o‘rtasidan bo‘lib surkang.

Blogda baget va chiabata nonining retseptini topasiz.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa pomidordan tayyorlanadigan yozgi salatlarning retseptini ham topasiz. Masalan, panzanella salati.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com