You are currently viewing “Mac & Cheese” – Makaron va pishloq

“Mac & Cheese” – Makaron va pishloq

“Mac & Cheese” Angliyadan kelib chiqqan va tez orada AQSH va Kanadaga yo‘l topib, ko‘pchilikning sevimli taomiga aylangan. Uning zamonaviy retsepti 1770 yilda chop etilgan. Mac & Cheese 2010 yillarga kelib yana bir bor mashhurlik to‘lqinini boshidan kechirdi, va Yevropadagi restoranlarda ommabop taom bo‘lib qoldi. Yarim soatda tayyor bo‘ladigan ajoyib taom.

Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):

  • 500 gr makaron (1 sm atrofida uzunlikdagi )
  • 500 ml sut
  • 250 gr cheddar pishlog‘i‘
  • 50 gr parmazan pishlog‘i (agar bo‘lsa)
  • 30 gr sariyog‘
  • 80 gr un
  • 50 gr krutonlar (yengil nonning qatirilgani; гренки; croutons) xohishga qarab
  • Yarim choy qoshiq muskat yong‘og‘i
  • 2 dona lavr bargi
  • Tuz va murch

Avval qaynagan tuzli suvga makaronni solib qaynatishni boshlab qo‘yamiz.

Bachamel sousi tayyorlash

Sariyog‘ni qozonchaga solib eritamiz.

Bachamel sousi tayyorlash

Erigach ustiga unni solib un pishguncha biroz qo‘g‘iramiz. Lekin un qizarib ketmasligi kerak.

Bachamel sousi tayyorlash
Bachamel sousi tayyorlash

Olovni pasaytirib, sovuq sutni oz-ozdan quyamiz va aralashtiramiz.

Bachamel sousi tayyorlash

Sutning hammasini quyib bo‘lgach, unga, muskat yong’og’i, murch, tuz va lavr bargini solamiz. Olovni yana o‘rtacha balandlikka ko‘taramiz. Sousni tinmay aralashtirib, quyiltiramiz. Sous qaynamasdan quyuqlashadi.

Bachamel sousi tayyorlash
Bachamel sousi tayyorlash

Keyin olovni o‘chirib sousni issiqdan olamiz. Lavr bargini suzib olamiz.

Sousning ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan cheddar pishlog‘ini solamiz va aralashtiramiz.

Bachamel sousi tayyorlash
Bachamel sousi tayyorlash

Mac & Cheese pishirishga tayyorlash

Bu orada pishgan makaronning suvini to‘kib olamiz. Uning ustiga sousni quyamiz.

Mac & Cheese
Mac & Cheese

Hammasini aralashtirib yog‘langan idishga solamiz (28×27 smli) va ustiga parmazan pishlog‘ini sepamiz. Men yana ustiga 50 gr krutonlarni qo‘l bilan maydalab sepdim.

Mac & Cheese
Mac & Cheese
Mac & Cheese

Mana bu yerda krutonlarni qanday tayyorlash mumkinligini topsangiz bo‘ladi.

Endi Mac & Cheeseni 180°Cda qizib turgan duxovkada 22-25 minut davomida yoki usti tilla rang bo‘lguncha pishiring.

Mac & Cheese

Mac & Cheese  tayyor, uni dasturxonga issiqligida torting.

Mac & Cheese

E’tibor qiling:

Makaronni ortiqcha qaynatib yubormang, ezilib ketmasin. To‘la pishishiga 1-2 minut qolganda suvini to‘kib yuboring.

Mac & Cheese

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa bachamel sousi ishlatilgan taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, mousakkaning.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com