You are currently viewing Pavlova – Yangi yil bayrami uchun

Pavlova – Yangi yil bayrami uchun

Pavlova zefirdan tayyorlanadigan mashhur dessertdir. Bu mayin dessert ajoyib rus balerinasi Anna Pavlovaning sharafiga nomlangan. Aytishlaricha bu dessert 1920 yilda Anna Pavlovaning Avstraliya va Yangi Zelandiyaga qilgan gastroli paytida yaratilgan. Pavlova Avstraliya va Yangi Zelandiyada milliy dessert hisoblandi va u yangi yil bayramlari atrofida juda ko‘p yeyiladi. Hozirda bu dessertni juda ko‘p joyda topish mumkin. Pavlova tayyorlash uchun faqat bir nechta mahsulot kerak bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar (30 smli katta pavlova yoki 12 dona mayda pavlova uchun):

Zefir uchun:

  • 4 dona tuxum oqi
  • 1 choy qoshiq oq sirka (uksus)
  • 1 choy qoshiq kraxmal
  • 250 gr shakar
  • 1 choy qoshiq vanilin

Pavlovaning ustiga

  • 350 ml qaymoq
  • 300 gr atrofida har xil ho‘l mevalar
  • 3 osh qoshiq shakar kukuni

Eng avval listni tayyorlab olamiz. Buning uchun listga fergament qog‘ozidan soling. Unga o‘zing‘iz xohlagan idish bilan doira shaklini chizib oling. Men tarelkadan foydalandim. Endi qog‘ozni ontarib soling (chizilgan tarafi teskari tomonda bo‘lishi uchun).0

Pavlova uchun qog'oz tayyorlash

Zefir tayyorlash

Buning uchun tuxum oqi va sarig‘ini ajratib oling.

Tuxum oqi va sarig'i

Endi tuxum oqini mikser yordamida ko‘pirtiring. Tuxum oppoq va qattiq bo‘lib ko‘pirishi kerak.

Zefir tayyorlash

Buni tekshirish uchun tuxum ko‘pirtirilgan idishni ontarib ko‘rish mumkin.

Endi shakarni 1 osh qoshiqdan solib, tuxumlarni ko‘pirtirishda davom eting.

Beze oppoq yaltrioq rangga kiradi.

Pavlova uchun zefir tayyorlash

Ko‘pirtirilgan tuxumning ustiga kraxmal, vanillin va sirkani qo‘shing. Ehtiyotkorlik bilan aralashtiring.

Pavlova tayyorlash

Bezeni chizilgan doiraning ustiga soling.

Chetlarini tekislab, o‘rtasini qoshiq bilan biroz chuqurroq qiling (rasmga qarang).

Pavlova uchun zefir tayyorlash
Mini pavlova

Endi uni 140⁰Cda qizib turgan duxovkada 1 soat davomida pishiring. Keyin olovni o‘chirib, zefirni duxovkaning ichida sovitib oling. Zefir to‘la sovigach duxovkadan oling.

Mini pavlova

Zefir tayyor. Uni darrovda yoki keyinroq pavlova uchun ishlatish mumkin.

Zefirni pavlova dessertiga aylantirish uchun uning ustiga ko‘pirtirilgan qaymoq qo‘yish kerak. Qaymoqni ko‘pirtirishning to‘la retseptini bu yerda topasiz.

Qaymoq va mevalar
Mini pavlova

Endi dessertning ustiga mevalarni soling.

Pavlova - ajoyib dessert

Pavlova tayyor. Uni darrovda dasturxonga torting.

Mini pavlova

E’tibor qiling:

Pavlovani mayda (bitta odam uchun) qilib ham tayyorlash mumkin. U mini pavlova deyiladi.

Zefir past olovda uzoqroq vaqt davomida pishishi shart. Bo‘lmasa zefir yaxshi qurimay qoladi.

Pavlova uchun zefirni 8-10 soat oldin tayyorlab qo‘yish mumkin. Lekin kremini dasturxonga tortishdan oldin surkash kerak.

Pavlova

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa ajoyib desertlarning retseptini topasiz. Masalan, tres leches yoki sabzili tort.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com