Qulupnayli tort qilish ko‘pchilik o‘ylaganinidan ko‘ra ancha oson. Tortning ta’rifiga hojat yo‘q – shokolad, qaymoq va qulpnay aralashmasi eng injiq ta’bli odanga ham yoqib tushadi.
Kerakli mahsulotlar (17.5 smlik tort uchun):
- 200 gr saryog‘ yoki margarin (xona haroratida)
- 200gr un
- 200gr shakar
- 50 gr kakao
- 50 gr shakar kukuni
- 350 ml qaymoq (300ml kremga, 50 ml shokoladni eritishga)
- 4 dona tuxum
- 100gr sutli yoki qora shokolad
- 4 osh qoshiq sut
- 1 choy qoshiq to‘ldir razrixlitel
- Ozgina vanilin
- Ozgina tuz
- Xohishga qarab qulupnay yoki malina
Avvalo idishga kakaoni solib, unga 4 osh qoshiq qaynoq suv qo‘shib, aralshtirib olamiz (rasmga qarang).
Endi bu pastaning ustiga yumshoq saryog‘, shakar, 4 osh qoshiq sut, 4 dona tuxum va ozgina tuz solib mikser yoki venchik yordmida aralashtiramiz.
Endi unga elangan un va razrixlitelni qo‘shib xamir qilamiz (keks xamiridagidek).
Qoliplarning chekkasini yog‘lab tubiga fergament qog‘ozidan qo‘yamiz.
Xamirni teng ikkiga bo‘lib qoliplarga quyamiz. Ustini iloji boricha tekkiz qiling. Menda ikkita bir xil hajmli qolip bor, shuning uchun birdaniga ikkita qavatini pishiraman. Agar sizda bitta qolip bo‘lsa, oldin xamirning yarmini pishiring, keyin ikkinchi yarmini.
Pishirish jarayoni
Tortni 180C°da qizib turgan duxovkada 25 minut davomida pishiramiz. Doimgidek gugurt cho‘pi bilan pishganligini tekshiramiz.
Endi kremini tayyorlaymiz: Qaymoqli kremni tayyorlash uchun kerak bo‘lgan hamma narsa muzdek bo‘lishi kerak. Men mikserning venchigi va ishlatmoqchi bo‘lgan idishimni 15-20 minut oldin muzlatgichga solib qo‘yaman.
300 ml qaymoqqa, 50 gr shakar kukuni va vanillin qo‘shib mikser yoki qo‘l venckhikda ko‘pirtirib olamiz.
Qaymoqni uzoq ko‘pirtirib bo‘lmaydi, suvi chiqib ketadi. Qaymoqning ustida iz qolishi boshlanishi bilan, ko‘pirtirishni darrov to‘xtatish kerak.
Endi sovigan tort qavatlarini krem surkash uchun tayyorlab olamiz. Menda tortning o‘rtasi biroz balandroq bo‘lgani uchun,tepasidan ozgina kesib yubordim. Tekkiz bo‘lishi shart emas.
Endi kremning asossiy qismini birinchi qavatga surkadim va ikkinchi qavatga ozroq krem surkadim (faqat yopishtirish oson bo‘lishi uchun).
Birinchi qavatdagi kremning ustiga parrak qilib kesilgan qulupnay qo‘ydim. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, tekkiz kesilgan qulupnaylarni tortning chekkassiga va maydaroq kesilganlarini tortning o‘rtasiga qo‘ydim.
Tortinig ikkinchi qavatini qo‘yamiz.
Shokoladni eritish: 50 ml qaymoqni isiting (ehtiyot bo‘ling, qaymoq qaynab ketmasin) olovni o‘chirib unga 100gr maydalangan sutli yoki qora shokoladni soling va yaxshilab aralashtiring. Qaymoqning issig‘i shokoladni birpasda eritib yuboradi.
Shokolod suyuq bo‘lib ketgan bo‘lsa biroz sovuting, u yana qo‘yiladi. Agar juda qo‘yilib ketsa, biroz iliq sut qo‘shing, yana suyuladi. Shokolod eritmasi tayyor bo‘lganda uni tortning ustiga sekin asta quyib, tekkizlab chiqing.
Shokolad va qulupnayli tort tayyor bo‘ldi. Uni shunday holatda yoki ustini bezab dasturxonga tortish mumkin.
Quyida bir nechta usulida bezalgan rasmlari bor.
E’tibor qiling:
Shokoladni eritish birinchi marta qilayotganlar uchun qiyinroq bo‘lishi mumkin, lekin bir o‘rganib olsangiz, keyin oddiy holat bo‘lib qoladi. Asosiysi shokoladni kuydirib yubormaslik. Kuyib qolgan shokolad yaltiroqligini yo‘qotib tortlarga chiroyli ko‘rinish bermaydi.
Tortning o‘rtasiga mevalar solish shart emas, shokolad va qaymoq ham juda yaxshi birikma bo‘ladi.
Yana bu tortni 4 qavat qilsa ham bo‘ladi, unda har bir pishib chiqqan xamirni o‘rtasidan bo‘lib olib, krem surkash kerak bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi boshqa tort retseptlarini mana bu yerda topasiz. Masalan, qulupnay bilan ajoyib rulet tayyorlash mumkin.
Veb sahifa: www.juvajon.com